gov.uz uforum.uz
ncdc.uz
ziyonet.uz www.uz

2011 yilning birinchi yarim yilligi
yakuni bo’yicha O’zbekistondagi  narkovaziyat

    Afg’onistonda narkotik moddalarni ishlab chiqarish tendenciyasi saqlanayotganligi respublika va Markaziy Osiyo mintaqasida narkovaziyatga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan asosiy omillaridan biri bo’lib qolmoqda.
    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Narkotiklar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasining ma’lumotiga ko’ra, bir yilda Afg’onistondan Markaziy Osiyo, ya’ni “shimoliy yo’nalish” orqali 95 tonna geroin noqonuniy olib o’tiladi.

2010 yil yakuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasidagi
narkovaziyatning asosiy ko’rsatkichlar

    Narkotrafik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi muammosi jamiyatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatayotgan davlat miqyosidagi muhim muammolardan birligicha qolmoqda.
    O’zbekistonda narkovaziyatga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan asosiy faktorlardan biri bu Afg’oniston bilan chegaradoshligimizdir.
    Bu davlat dunyo bo’yicha qora dori moddasining tahminan 93 foizini ishlab chiqaradi.
Xalqaro ekspertlarning ma’lumotiga ko’ra 2010 yilda Afg’oniston xududida qora dori moddalarini etishtirish maydonlarining satxi 123000 gektarni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich 2009 yilga nisbatan o’zgarmasligini ko’rsatmoqda.

2010 yilning birinchi yarim yilligi bo’yicha o’zbekistonda narkovaziyat to’g’risida ma’lumot

Afg’oniston Respublikasida narkotik moddalarni ishlab chiqarish va afg’on geroini hamda opiysining O’zbekiston hududi orqali “Shimoliy yo’nalish” bo’yicha oqimi respublikada narkovaziyatning rivojlanish dinamikasida salbiy tendensiyalarni shakllantiradigan asosiy omil sifatida saqlanib kelmoqda.
    Ko’rsatilgan omil, o’z navbatida, barcha kelib chiqadigan salbiy oqibatlari bilan giyohvand moddalarni iste’mol qilish, OIB/OITS infeksiylarini yuqtirishning ortishiga, shu orqali epidemiologik vaziyatga; mintaqa mamlakatlari aholisini narkobiznesga jalb qilishga bevosita ta’sir ko’rsatmoqda.
    2010 yilning birinchi yarim yilligida O’zbekiiston Rerspublikasi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 4584 (4712) ta narkojinoyat aniqlangan.
    Noqonuniy muomaladan 2 tn 457 kg (1 tn 820 kg) narkotik moddalar, jumladan, 668,3 kg (515,4 kg) ãåðîèí va 331,9 (370,9) opiy olib qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasida antinarkotik siyosatining asosiy yo’nalishlari.

    Giyohvandlik va narkobiznes bugungi kunda uyushgan jinoyatchilik, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm kabi zamonaviy tahdidlar qatoriga kirib ko’p davlatlarninig milliy xavfsizligiga, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy salbiy ta’sir o’tkazmoqda.
    Respublikamizning Afg’oniston bilan chegaradosh ekanligi ham albatta O’zbekiston hududida yuzaga kelayotgan narkovaziyatga o’z muayyan ta’sirini ko’rsatib kelmoqda.
    Ushbu davlat bugungi kunda narkotik moddalarni ishlab chiqarish bo’yicha dunyo miqiyosida birinchi o’rinni egallab “qora bozorga” chiqarilayotgan opiy va geroinning 93% ni etkazib bermoqda.
    Vujudga kelgan narkovaziyatdan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasining e’tibori vazirlik va idoralar, huquqini muhofaza qiluvchi organlar hamda mintaqaviy komissiyalar faoliyatlarini muvofiqlashtirish va ularning o’zaro hamkorligini oshirish, bu sohada dunyoning barcha rivojlangan davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilib kelmoqda.

2009 yil 1- yarim yillik yakuni bo'yicha
O’zbekiston Respublikasidagi narkovaziyatning asosiy ko’rsatkichlari

    Narkotrafik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi yildan-yilga jamiyatning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillariga  aylanib, dunyo miqiyosida asosiy muommolarning biri bo’lib kelmoqda.
    Respublika mutasaddi idoralaridan olingan ma’lumotlar tahlili, O’zbekistondagi narkovaziyat murakkabligicha qolayotganligini ko’rsatmoqda. O’zbekistonga afg’on geroini va opiy moddalari noqonuniy kirib kelishi xisobiga respublika hududi tranzit hududiga aylanib borayotganligi buning asosiy sababidir.
     Respublikadagi narkovaziyatdan kelib chiqqan holda, Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi huquq tartibot va boshqa mutasaddi idoralar hamda joylardagi hokimliklar huzuridagi mintaqaviy komissiyalarning e’tibori va ish faoliyatini uyushgan xalqaro jinoiy narkoguruhlarni aniqlashga qaratish, giyohvandlikni oldini olish, xalqaro munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirib kelmoqda.

2008 yil yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasidagi
narkovaziyatning asosiy ko'rsatkichlari

    Dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muhit barkamoliga to’sqinlik qilayotgan asosiy muammolardan biri giyohvandlik muammosi bo’lib qolmoqda.
    Afg’on geroini va opiy moddalarining Markaziy Osiyo davlatlari orqali tranzit holatda o’tishi, kerakli yo’nalishlar bo’yicha narkotik moddalarni etkazish imkonini beruvchi transport vositalari tarmog`ini rivojlanganligi – MDH va Evropa davlatlarida narkotik moddalar “qora bozori”ning ko`payishiga hamda unga nisbatan talabni kuchayishi bu davlatlar, jumladan O`zbekistonda kriminogen holatni yomonlashishiga olib kelish bilan bir qatorda, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikka, mamlakat iqtisodiyotiga, xalq sog`lig`iga va sog`lom yosh avlodning bunyodga kelishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
    Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi o`z e`tiborini huquq tartibot organlari, mutasaddi vazirlik va idoralar, joylardagi xokimliklar huzuridagi mintaqaviy komissiyalarning faoliyatlarini narkotik moddalar kontrabandasi jinoyatlariga qarshi kurash borasidagi huquq tartibot organlarining o`zaro hamkorligi hamda uyushgan halqaro jinoiy narkoguruhlarni aniqlashga qaratish, ular faoliyatiga chek qo`yish, aholi orasida giyohvandlik profilaktikasini o`tkazish kabi tadbirlarning amalga oshirilishiga qaratib kelmoqda.  


 
 
 
 

Uzb

 
 

 

Òîï ðåéòèíã www.uz

 

 

 

ncdc.uz © 2011-2012
Web Design Ravshan. Igamberdiev